Gulsara Shermatova: «Ochiq hat Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisidan Araz va Emin Agalarovlarga»

Четверг, 14 Августа 2025

Hurmatli Araz va Emin janoblari!

Biz - Toshkent shahri va viloyatining minglab fuqarolari va faollari - Sizlarga ochiq va qat’iy murojaat qilmoqdamiz.

Biz Sizlarni - mashhur tadbirkorlar va investitsiyachilar sifatida - ijtimoiy va ekologik mas’uliyatni o‘ylab harakat qilishga chaqirmoqchimiz. Bizning iltimosimizning asosiy maqsadi - Chorvoqning ichimlik suv manbasi sifatidagi ahamiyatini saqlab qolish va kelajak avlodlar uchun toza suv hamda sog‘lom muhitni ta’minlashdir. Shu bois:

Sizdan so‘raymiz - «Sea Breeze» maqsadida Chorvoq sohilidagi yirik qurilish va turizm-kompleksini amalga oshirishni to‘xtatishni.

Chorvoq suv ombori - mamlakatimizning strategik ahamiyatga ega ichimlik suv manbai. Uning suvi millionlab insonlar hayoti va salomatligini ta’minlaydi. Mazkur hudud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro majburiyatlarimizga muvofiq qo‘riqlanishi shart bo‘lgan ekologik himoya hududidir.

Sizning «Sea Breeze» loyihangiz - yirik mehmonxona, turar-joy va ko‘ngilochar kompleks - suv manbaiga bevosita xavf tug‘diradi. Bu nafaqat milliy qonunlarimiz, balki O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan bir qator xalqaro hujjatlarga ham zid, jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - har bir fuqaroning sog‘lom atrof-muhitda yashash huquqini kafolatlaydi (49 модда).

«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun - ekologik muvozanatni buzadigan va tabiiy resurslardan zararli foydalanishni taqiqlaydi.

«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun va Vodiy kodeks - ichimlik suv manbalarini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyatni cheklaydi.

Orhus Konvensiyasi (1998 y., O‘zbekiston 2023 yilda ratifikatsiya qilgan) - aholi ekologik axborotga yetarli kirish va qarorlar qabul qilishda qatnashish huquqini kafolatlaydi. Loyiha jamoatchilik roziligisiz amalga oshirilishi - konvensiya talablarini buzadi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va Parij iqlim kelishuvi doirasidagi majburiyatlar - tabiiy suv resurslarini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini amalga oshirishni talab qiladi.

Biz ta’kidlaymiz:

Bu loyiha amalga oshirilsa, Chorvoq suvining ifloslanishi, suv ombori ekotizimining buzilishi va millionlab odamlar uchun ichimlik suvi ta’minoti xavf ostida qolishi muqarrar.

Shu bois, biz Sizlarni:

«Sea Breeze» loyihasidan butunlay voz kechishga, Chorvoq sohilida har qanday qurilish ishlarini to‘xtatishga va bu hududni qonun hamda xalqaro majburiyatlarga muvofiq muhofaza qilishga chaqiramiz.

Biz Ozarbayjon ahli bilan bir xalq - turkiy madaniy merosga ega qardosh, qondosh jamoalarmiz. Bizda tabiatga, suvga va yerga hurmat - avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan muqaddas qadriyatdir. Biz ishonamizki, sizlar ham bu qadriyatni inobatga olasizlar va bizning kelajagimizga tahdid soladigan loyihadan voz kechasizlar.

1

Hurmat bilan,

Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi nomidan ushbu hududda yashovchilar:

Nashr manbasi


Gulsara Shermatova, falsafa, siyosiy fanlar doktori, «World Aral region charity» ekologik jamg‘armasi vitse-prezidenti